Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan Qozogʻiston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ochiqlandi

O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 1 199 taga yetdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 dekabr holatiga O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokida jami 1 199 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Ular sohalar kesimida quyidagicha:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi —21 ta

Sanoat — 129 ta

Qurilish — 82 ta

Savdo — 492 ta

Tashish va saqlash — 33 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 39 ta

Axborot va aloqa — 127 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 13 ta

Boshqa turlar — 263 ta