Qirgʻiz Respublikasida “Yangi Oʻzbekiston: Shavkat Mirziyoyev yoʻli” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi

28.07.2026 19:00 MARKAZIY OSIYO 2484 ipaknews.uz
Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahridagi Aliqul Usmonov nomidagi Milliy kutubxonada senator Qudratilla Rafiqov qalamiga mansub “Yangi Oʻzbekiston: Shavkat Mirziyoyev yoʻli” kitobining qirgʻiz tilidagi nashri taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzosi Xusan Ermatov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi hamda ikki mamlakatning ilmiy va ijodiy ziyolilari, madaniyat sohasi vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot davomida soʻzga chiqqanlar Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni haqida soʻz yuritib, kitobning ushbu jarayonlarni ilmiy-tahliliy jihatdan yoritishdagi ahamiyatini alohida taʼkidladilar. Qayd etilganidek, asarning qirgʻiz tilida nashr etilishi ikki qardosh xalq oʻrtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi turkiy dunyoning buyuk adibi Chingiz Aytmatovning uy-muzeyiga hamda Bishkek shahridagi Xotira maydoniga tashrif buyurib, ushbu maskanlar faoliyati bilan tanishdi.