Şanxay şahridagi Özbekiston Boş konsulxonasi diplomatlari Çjetszyan provinsiyasiga işçi taşrif doirasida Szyasin Nanyan politexnika instituti rektori örinbosari Livey Fen bilan uçraşdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Uçraşuv davomida tomonlar akademik almaşinuvni rivojlantiriş, özbekistonlik talabalar uçun ikki va üç yillik ta’lim dasturlarini yölga qöyiş, şuningdek, talabalar va öqituvçilar uçun qisqa muddatli öquv kurslarini taşkil etiş masalalarini muhokama qildi.
Ta’lim jarayonini mehnat bozorida talab yuqori bölgan yönalişlar, jumladan, muhandislik, hamşiralik işi, transport, töqimaçilik sanoati, elektromobillarga xizmat körsatiş va ularni ta’mirlaş, yangi energetika hamda sun’iy intellekt sohalarida taşkil etiş rejalashtirilmoqda.
Muzokaralar davomida mutaxassislarning amaliy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Özbekistonlik talabalar Szyasin şahridagi işlab çiqariş korxonalari, tibbiyot muassasalari, metropoliten va temiryöl vokzallarida amaliyot ötab, kasbiy tajriba orttiriş imkoniyatiga ega bölişi mumkin.
Szyasin Nanyan politexnika instituti 2002-yilda Şanxay Jiao Tong universiteti kömagida taşkil etilgan nodavlat oliy kasbiy ta’lim muassasasidir. Hozirda institutda qariyb 12 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Ta’lim dasturlari yettita ixtisoslaşgan maktabga birlaştirilgan 30 dan ortiq mutaxassislikni qamrab oladi.
Xitoy tomoni 2026-yil noyabr oyida Livey Fen boşçiligidagi delegatsiyani Özbekistonga yuborişga tayyor ekanini bildirdi.
Taşrif davomida hamkorlikni amalga oşirişning amaliy mexanizmlarini muhokama qiliş hamda Özbekiston texnikumlari bilan tegishli kelişuvlarni imzolaş rejalashtirilmoqda.
Kutilişiça, mazkur hamkorlik akademik almaşinuv imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, talab yuqori bölgan texnik va amaliy yönalişlarda malakali mutaxassislar tayyorlaşga xizmat qiladi.