Xitoy poytaxti Pekindagi Xalq majlislari saroyida Xitoy ishchi-dehqonlar Qizil armiyasining Buyuk yurishi g‘alaba bilan yakunlanganining 90 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi. Mazkur tarixiy voqea Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topishiga zamin yaratgan muhim hodisalardan biri hisoblanadi.
Tadbirda mamlakat oliy rahbariyati hamda turli jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi, Xitoy Xalq Respublikasi raisi va Markaziy harbiy kengash raisi Si Szinpin muhim nutq so‘zladi.
“Faqat tarixni yodda tutgan holdagina biz yanada yorqin kelajakni barpo eta olamiz”, — deya ta’kidladi Si Szinpin.
1936-yil 22-oktabr kuni Qizil armiyaning uchta asosiy kuchi Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida birlashgan. Bu voqea tarixga kirgan Buyuk yurishning yakunlanganini anglatgan.
Mazkur tarixiy voqeaning 90 yilligi munosabati bilan Xitoy bo‘ylab xotira tadbirlari, mavzuli ko‘rgazmalar va konsertlar tashkil etilmoqda.