Kuz faslida XXRning Shinjon-uyg‘ur avtonom rayonining janubidagi Bachu tumanida qadimiy yovvoyi teraklar sarg‘ayadi. Bu yerdagi terakzorlar qariyb 326 ming gektar maydonni egallaydi. Ayrim daraxtlarning yoshi bir necha yuz, hatto ming yilga yetadi.
Yanshan o‘rmonzorida oltinrang daraxtlar qumloqlar va qoyalar fonida o‘zgacha manzara hosil qiladi. “Qizil dengiz” sayyohlik hududida esa teraklarning aksi feruza rang suvda namoyon bo‘ladi.
Shinjonda qadimiy o‘rmonlarni asrash, ekotizimlarni tiklash hamda suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Daraxtlarning kuzgi tusga kirish davri noyabr oyining ikkinchi yarmigacha davom etadi. Ayni kunlarda Bachu tumanida terakzorlarni kuzgi go‘zalligi avjiga chiqqan pallada tomosha qilish mumkin.