So‘nggi yillarda dunyoda ekologik toza transport vositalariga talab keskin oshmoqda. Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan elektromobillar bu jarayonda muhim o‘rin egallaydi.
Dunyo avtomobil bozorida mashhurlik ortib borayotgan elektromobillar – Xitoyning yirik avtomobil kompaniyalaridan biri BYD mahsulotidir. Zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan bu avtomobillar energiya tejamkorligi, yuqori xavfsizlik darajasi va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi: ular atmosferaga zararli gazlarni chiqarmaydi, bu esa atrof-muhitni himoya qilishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda BYD kompaniyasining bir nechta zamonaviy modellari – sedanlar va krossoverlar – taqdim etilgan. Ushbu avtomobillar xaridorlarni qulaylik, iqtisodiy tejamkorlik va zamonaviy dizayni bilan jalb qilmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Sanoat, texnologiyalar va investitsiya sohalaridagi hamkorlik kengaymoqda. O‘zbekistonda BYD elektromobillarining paydo bo‘lishi ham aynan shu hamkorlikning amaliy natijalaridan biri sifatida qaraladi.
Mutaxassislar fikricha, elektromobillardan foydalanish yoqilg‘i sarfini kamaytirish, havoning ifloslanish darajasini pasaytirish va yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishga xizmat qiladi. Shu sababli kelajakda O‘zbekistonda ekologik toza transport vositalaridan foydalanish yanada kengayishi kutilmoqda.
Buning natijasida mamlakatimizda zamonaviy va barqaror transport tizimi shakllanishiga ham hissa qo‘shiladi.