Shu yerning o‘zida qora metallar bo‘yicha R&D markazi tashkil etilib, yangi mahsulotlar yaratish va ularni sanoatga joriy qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu hududda xalqaro sertifikat beradigan zamonaviy laboratoriya ishga tushiriladi.
Joriy yilning o‘zida sanoat parkida xususiy investorlar bilan katta diametrli quvur, ko‘tarma kran, filtrlash uskunalari kabi yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar boshlanadi.
Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Namangan va Sirdaryodagi yirik metallurgiya korxonalari atrofida jami 100 million dollarlik kooperatsiya loyihalari dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Mazkur loyihalar hududlarda qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish, xususiy sektor faolligini oshirish va yangi turdagi metall mahsulotlarini mahalliylashtirishga xizmat qiladi.