11
11

Nurotada 50 mln dollarlik investitsiya loyihasi amalga oşirilmoqda

03.11.2026 16:11 O'zbekiston 4460 ipaknews

Umumiy maydoni 14 gektarni taşkil etuvçi uşbu sanoat obyekti 50 million AQŞ dollari miqdoridagi töğridan-töğri xorijiy investitsiya mablağlari hisobiga moliyalaştirilmoqda.

Ayni kunlarda mazkur loyiha taşabbuskorlari va investorlar tomonidan keng kölamdagi quriliş-montaj işlari amalga oşirilib, zavodni infratuzilma tarmoqlariga ulaş hamda korxonani belgilangan muddatlarda foydalanişga topşiriş qatʼiy grafik asosida olib borilmoqda.

Mazkur yirik işlab çiqariş quvvatining töliq işga tuşirilişi natijasida hududda 60 ta yangi doimiy iş örni yaratilişi belgilangan. Demakki, uşbu loyiha nafaqat tumanning sanoat va eksport salohiyatini yuksaltirişga, balki mahalliy aholi bandligini taʼminlaş orqali ularning turmuş farovonligini oşirişga muhim hissa qöşadi.