11
11

Farğonada Departament tergovçisi yirik miqdordagi pora bilan uşlandi

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari Boş prokuraturaning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida tezkor tadbir ötkazdi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari maʼlum qildi.

Maʼlum bölişiça, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Farğona şahar bölimi tergovçisi Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida noqonuniy harakatlarga qöl urgan.

U mazkur iş böyiça olib borilayotgan tergov harakatlarini ayblanuvçi foydasiga hal qilib beriş, yetkazilgan zarar miqdorini kamaytiriş hamda unga nisbatan eʼlon qilingan qidiruvni bekor qiliş evaziga pora olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Mazkur holat yuzasidan uşbu şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora oliş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.