11
11

Samarqand şahrida 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan köçalar soni ortmoqda

Jumladan, ayni paytda Samarqand şaharining köplab aholi gavjum köçalarini 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan zamonaviy köçalarga aylantiriş borasida bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda.

Xususan, şahardagi Mustaqillik, Puşkin hamda Mironşoh köçalarining 500 metrlik qismida 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan zamonaviy köça taşkil etilmoqda.

Hududda kengligi ön metrni taşkil qiladigan ikki tomonlama yöl qurilyapti. Uning loyihada belgilangan qismlarida transport vositalari töxtaşi uçun maxsus avtoturargohlar taşkil qiliş belgilangan. Şuningdek, yölning ikki tomonida keng piyodalar yölaklari barpo etilmoqda. Yöl va yölaklar oraliğida yaşil maydonlar taşkil qilinadi.

Mazkur köçalarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari yakuniga yetkazilgandan söng loyiha doirasida 100 ga yaqin yangi iş örni yaratilişi belgilangan. Bunda 10 ta yangi tadbirkorlik subyekti faoliyatini yölga qöyiş hamda 5 ta tadbirkorlik subyekti faoliyatini kengaytiriş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari şahardagi Ibn Xoldun köçasini ham zamonaviy va öziga xos “Asian World” turizm köçasiga aylantiriş rejalaştirilgan. Loyiha asosida köça hududi yagona meʼmoriy va dizayn konsepsiyasi asosida qayta taşkil etiladi. Piyodalar yölaklari, zamonaviy yoritiş tizimi, savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, dam oliş maskanlari hamda köça bezaklari uyğunligi orqali hududning sayyohlik va gastronomik jozibadorligini oşiriş közda tutilgan.

Umuman olganda, uşbu köçalarda şahar aholisi va mehmonlarning tun-u kun sayr qilib, hordiq çiqariş uçun yetarliça şart-şaroitlar yaratiladi.