11
11

Samarqandda ilk bor “FOODERA EXPO 2026” xalqaro oziq-ovqat körgazmasi ötkazilmoqda

Jomboy tumanidagi “Sof Expo Samarkand” körgazma markazida Samarqandda ilk bor ötkazilayotgan “FOODERA EXPO 2026” xalqaro oziq-ovqat körgazmasida tadbirkorlik, xususan, oziq-ovqat sanoati subyektlariga davlat tomonidan körsatilayotgan rağbat va kömak natijasida viloyatda işlab çiqariş hamda qayta işlaş tarmoqlarida barqaror ösiş kuzatilayotgani taʼkidlandi.

Maʼlumotlarga köra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalar soni 1311 tani taşkil etgan. Uşbu korxonalar tomonidan 21,2 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilgan. Şuningdek, töqqiz oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan 46 ta yangi loyiha işga tuşirilgan. 136 ta korxona tomonidan esa 31 ta davlatga 103 million dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan.

Körgazmada Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Afğoniston, Qozoğiston va Qirğiziston kompaniyalari, şuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin işlab çiqaruvçi va distribyutor öz mahsulotlarini namoyiş etmoqda. Şuningdek, iştirokçilarning 32 tasi Samarqand viloyati tadbirkorlaridir.

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3
Gallery 4

- Korxonamiz 1995-yilda taşkil etilgan. Asosan, quruq meva va dukkakli mahsulotlarni qayta işlaş, qadoqlaş, içki bozorga yetkazib beriş hamda önga yaqin xorijiy davlatga eksport qiliş bilan şuğullanamiz, - deydi “SAMARKAND GOLDEN ÇICKPEAS” MÇJ rahbari Baxtiyor Beknazarov. - Mahsulotlarning katta qismini özimiz yetiştiramiz, şuningdek, dehqonlar va tomorqa egalaridan ham xarid qilamiz. Hozirda Avstraliya, Kanada, Xitoy, Birlaşgan Arab Amirliklari, Germaniya, Afğoniston va boşqa davlatlarga mahsulot eksport qilyapmiz. Ayni paytda Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni yölga qöyiş böyiça muzokaralar olib borilmoqda. Yil boşida Xitoy va Birlaşgan Arab Amirliklarida ötkazilgan xalqaro oziq-ovqat körgazmalarida qatnaşdik. Endi uşbu davlatlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirişni rejalaştiryapmiz.

Körgazmaga viloyatdagi autsorsing korxonalari hamda ulgurji savdo bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar ham kelgan. Ular mahalliy işlab çiqaruvçilar bilan vositaçilarsiz aloqalar örnatiş, import mahsulotlari örnini bosuvçi mahalliy mahsulotlar bilan tanişiş va özaro hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatiga ega.

Xalqaro oziq-ovqat körgazmasida 3 mingdan ortiq professional taşrif buyuruvçi iştirok etişi hamda umumiy qiymati 5 million dollardan ortiq şartnomalar imzolanişi kutilmoqda.

Körgazma 29-noyabr kuni ham öz işini davom ettiradi.