Samarqand shahrida II Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Nufuzli xalqaro bilimlar bellashuvi turli mamlakatlardan kelgan iqtidorli yoshlarni bir maydonga jamlab, ilm-fan, doʻstlik va hamkorlikni oʻzida mujassam etdi.
Tantanali marosimda soʻzga chiqqanlar yoshlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash, fizika sohasidagi iqtidor va salohiyatni rivojlantirish hamda xalqaro miqyosda tajriba almashish muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlab, barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladilar.
Marosimning muhim lahzalaridan biri olimpiadaning rasmiy ochilish tugmasini bosish boʻldi. Fan olimpiada markazi direktori Turaboy Shermatov, viloyat hokimi oʻrinbosari Husan Toʻxtayev, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori oʻrinbosari Hasan Shokirov hamda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Rustam Yoʻldoshev olimpiadaning rasman ochilganini eʼlon qildilar.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
Mazkur olimpiadada dunyoning 20 ga yaqin mamlakatidan 200 nafarga yaqin xorijiy yoshlar hamda Oʻzbekistondan 100 nafarga yaqin oʻquvchi ishtirok etmoqda. Bu esa xalqaro bellashuvning koʻlami va turli davlatlar yoshlari oʻrtasida ilmiy muloqotni rivojlantirishdagi ahamiyatini namoyon etadi.
Fizika - tabiat qonunlarini anglash, murakkab jarayonlarni tahlil qilish va yangi kashfiyotlar sari yoʻl ochuvchi muhim fanlardan biri. Mazkur olimpiada yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etishi, mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinovdan oʻtkazishi, shuningdek, xalqaro miqyosda doʻstlik va tajriba almashish uchun muhim imkoniyat yaratishi bilan ahamiyatlidir.
17-oktyabrga qadar davom etadigan olimpiada iqtidorli yoshlarni birlashtirib, ularning bilim va salohiyatini namoyon etish, yangi tajriba va taassurotlarga ega boʻlish hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qiladi.