Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahrida “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda reyd tadbirlari oʻtkazilgan.
Tezkor tadbir natijasida shaharning S.Ayniy koʻchasida joylashgan Samarqand shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga tegishli binoda xatlov oʻtkazilganda loyiha-texnik hujjatlarisiz, eski hisoblash uskunasi orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani fosh etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 627 million 264 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan. Ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.