11
11

YI ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etiş masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi

Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etiş masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğilişda maʼlum qilindi.

Davlatimiz rahbari bu imkoniyatlardan foydalanişda elçi, hokim va texnikumlarning örni sezilmayotganini qayd etdi.

Masalan, Buyuk Britaniyada 33 ming işçi kuçiga ehtiyoj bor. Biroq hozirgaça uşbu mamlakatga asosan qişloq xöjaligidagi mavsumiy işlarga fuqarolar yuborilmoqda. Tibbiyot, logistika va sanoat sohalarida iş beruvçilar bilan aniq kelişuvlar yöqligi, “Yoşlar mobilligi” dasturida iştirok etiş masalasi hal etilmagani körsatib ötildi. Italiya bilan ham mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça kelişuv bor, lekin bu imkoniyat işga solinmayapti.

Prezidentimiz çet tillarini biliş xorijda yuqori daromadli iş topişning asosiy şartlaridan biri ekaniga eʼtibor qaratdi. Mamlakatimizda ingliz tilini puxta örganib, sertifikat olgan 200 mingga yaqin yoş bor. Şu bilan birga, AQŞ, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Şvetsiya va Daniyada ularning işlaşi uçun yöl oçiş böyiça işlar yetarli emas.