11
11

Özbekiston Prezidenti TDT sammitining madaniy dasturida iştirok etdi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Turkiy davlatlar taşkilotiga aʼzo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari va ularning rafiqalari bilan birgalikda TDTning Anqara sammiti doirasidagi madaniy dasturda iştirok etdi.

Yetakçilar Anqara şahridagi “Beştepa” majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi boğini oçib berdilar.

Boğda taşkil etilgan turkiy davlatlarning pavilyonlarida anʼanaviy ötovlar va xalq amaliy sanʼati namunalari namoyiş etilmoqda. Ular turkiy xalqlarning boy tarixiy-madaniy va meʼmoriy merosi, ilm-fan va maʼrifat sohasidagi yutuqlari, öziga xos anʼanalari hamda hozirgi davrdagi taraqqiyotini aks ettiradi.

Davlat rahbarlari turkiy xalqlarning yozma yodgorligi hisoblangan qadimgi Örxun bitiklarining nusxasi bilan tanişdilar. Şu yerning özida milliy öyinlar, kamonçilar va tarixiy liboslardagi jangçilarning çiqişlari bölib ötdi. Şundan söng davlat rahbarlari eman köçatlarini ekdilar.

Bunday taşabbuslar tarixiy xotira va madaniy merosni asrab-avaylaş, avlodlar örtasida uzviylikni taʼminlaş hamda maʼnaviy qadriyatlari va anʼanalari muştarak bölgan xalqlar örtasidagi birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlaşda muhim örin tutişi taʼkidlandi.

Şundan söng yetakçilar “Malazgirt” markaziga taşrif buyurdilar. Uning nomi turkiy xalqlar tarixida muhim ahamiyat kasb etgan 1071-yil 26-avgustdagi Malazgirt jangiga işoradir.

Oliy martabali mehmonlarga çavandozlar, akrobatlar va kaskadyorlar, şuningdek, taşkilotga aʼzo mamlakatlardan keltirilgan otlar iştirokida epik tomoşa namoyiş etildi.