Prezident Şavkat Mirziyoyev kino sohasiga zamonaviy boşqaruv usullarini joriy qiliş va “Özbekfilm” milliy kino brendini yaratiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Kino sanʼati jamiyatning ijtimoiy-maʼnaviy hayotida muhim örin tutadi. U mamlakatning tarixi, milliy qadriyatlari va zamonaviy taraqqiyotini keng jamoatçilikka yetkazişda samarali vosita hisoblanadi.
Oxirgi yillarda uşbu sohaga eʼtibor tubdan kuçaydi. Prezidentning 10 ta farmon va qarorlari qabul qilindi, ötgan ön yilda kino işlab çiqarişni byudjetdan qöllab-quvvatlaş hajmi karrasiga oşdi.
Sohada davlat monopoliyasi tugatilib, xususiy kinostudiyalarning faoliyati yölga qöyildi. Tarixiy şaxslar va milliy özlikni anglaşga qaratilgan asarlar suratga olinib, zamonaviy kinopavilyonlar taşkil qilindi. Xorijiy davlatlar bilan yirik loyihalar amalga oşirilmoqda.
Davlatimiz rahbari amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarga qaramay, sohada kamçiliklar saqlanib qolayotganini taʼkidladi. Xususan, buyuk özbek rejissyorlari asos solgan çuqur psixologik va falsafiy özbek kino maktabi susayib, yuzaki syujetli filmlar köpaygani, sifatli ssenariylar yetişmayotgani hamda operatorlik, ovoz rejissyorligi va montaj sohasidagi avlodlar uzilişi yuzaga kelgani körsatib ötildi.
Örganişlar hozirda işlab çiqarilişi belgilangan 181 ta loyihada mavzu va davrlarning qaytarilişi, ijodkorlarning bir vaqtning özida bir neçta loyihalardagi iştiroki, ayrim studiya va ijodiy guruhlar yetarli tajribaga ega emasligini körsatdi.
Agentlik faoliyati samaradorligining asosiy körsatkiçlari suratga olinayotgan filmlarning ommabopligi, tomoşabinlarning eʼtirofi emas, balki tasdiqlangan rejani bajarişdan iborat bölib qolgani qayd etildi. Qolaversa, filmlarning marketingi, distributsiya va xalqaro sotuvi böyiça tizim yölga qöyilmagan.
Taqdimotda kino sohasiga zamonaviy boşqaruv usullarini joriy qiliş va “Özbekfilm” milliy kino brendini yaratiş maqsadida qator taşabbuslar bildirildi. Xususan, Kinematografiya agentligi, uning tizimidagi 19 ta taşkilot va Kinematografiya jamğarmasini tugatiş, ularning vakolatlarini Madaniyat vazirligiga ötkaziş, böşagan binolarni auksionda sotuvga çiqariş taklif qilindi.
Madaniyat vazirligi muassisligida “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi taşkil etilib, sohadagi boş operator etib belgilanadi. Kino mahsulotlarini işlab çiqarişda davlat buyurtmasi tizimi bekor qilinib, loyihalar kompaniya tomonidan unga ajratiladigan byudjet subsidiyalari orqali moliyalaştiriladi.
Şuningdek, Dolby Atmos texnologiyasi asosida ovoz studiyasi bilan jihozlangan zamonaviy Dublyaj va ovozlaştiriş markazi taşkil etiş, milliy onlayn kinoplatforma işlab çiqib, mahsulotlarni monetizatsiya qiliş imkoniyatini yaratiş közlanmoqda.
Davlatimiz rahbari bildirilgan takliflarni maʼqullab, kino sohasida zamonaviy boşqaruv usullarini joriy qilişni jadallaştiriş, sohada ijodiy erkinlikni taʼminlaş, sifatli ssenariylar va hayotiy syujetlarga boy filmlarni suratni oliş işlarini kengaytiriş, xalqaro darajada özbek kino maktabining dovruğini tiklaş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berdi.