11
11

Davlatimiz rahbari “Eldridge Industries” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23-oktyabr kuni “Eldridge Industries” kompaniyasi hammuassisi, raisi va boş ijroçi direktori Todd Boelini qabul qildi.

Uçraşuvda AQŞning mazkur yetakçi korporatsiyasi bilan yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari körib çiqildi.

Mamlakatimiz yetakçisi hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilab berdi. Xususan, toğ-kon sanoati, metallurgiya, quriliş sohalaridagi şeriklikni kengaytiriş hamda şahar infratuzilmasiga raqamli yeçimlarni joriy etiş nazarda tutilmoqda.

Muzokaralar yakunida köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça qöşma “yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib olindi.

“Eldridge Industries” aktivlarni boşqariş, suğurta, köçmas mulk, infratuzilma, texnologiyalar, sport va media sohalarida faoliyat yurituvçi AQŞning investitsiyaviy xoldingidir. Boşqaruvida qiymati 75 milliard dollardan ziyod aktivlar mavjud.