Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Odiljon Mamatkarimov hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi örinbosari Baxrom Abdullayev Renessans universitetida özbek tili bayramiga bağişlab ötkazilgan “Til va zamon: anʼanadan innovatsiyaga” mavzusidagi ilmiy-maʼrifiy va madaniy tadbirda iştirok etdi.
Tadbirda davlat tilining jamiyat hayotidagi örni, milliy özlikni anglaş va milliy qadriyatlarni asrab-avaylaşdagi ahamiyati, şuningdek, özbek tilining ilm-fan, taʼlim va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
“Xorijiy til – imkoniyat, ona tili – qadriyat!” ğoyasi asosida xorijiy tillarni örganiş bilan bir qatorda ona tiliga hurmatni mustahkamlaş, uning boy imkoniyatlarini keng tarğib etiş va jamiyatdagi nufuzini yuksaltiriş muhimligi taʼkidlandi.
Tadbirda sözga çiqqan senatorlar özbek tilining milliy qadriyat sifatidagi örniga, tarixiy taraqqiyoti va bugungi jamiyat hayotidagi ahamiyatiga alohida töxtaldi. Şuningdek, ona tilini asrab-avaylaş, uning ilmiy va maʼnaviy salohiyatini rivojlantiriş, yoş avlod qalbida ona tiliga hurmat va ehtirom tuyğusini şakllantiriş muhim vazifalardan ekani qayd etildi.
Mazkur tadbir özbek tilining nufuzini oşiriş, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, yoşlarning maʼnaviy dunyoqaraşini boyitiş hamda davlat tilini zamonaviy taraqqiyot talablari asosida rivojlantirişga qaratilgan muhim taşabbuslardan biri böldi.