Raqobat qömitasi talab yuqori bölgan dori vositalarini xarid qilişda qöşimça preparatlarni ham majburiy sotib oliş şarti qöyilayotgani haqidagi şikoyatlarni örganmoqda. Qonunbuziliş holatlari tasdiqlansa, korxonalarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qöllanilişi mumkin.
2026-yilning dastlabki 9 oyida Özbekistonga 305 ta korxona dori vositalarini import qilgan. Importning 47,2 foizi 5 ta yirik korxona hissasiga töğri kelgan.
1-oktyabr holatiga köra, mamlakatda jami 14 598 ta dorixona faoliyat yuritgan. Şundan 14 149 tasi çakana dorixonalardir. 2023-yilga nisbatan asosiy çakana dorixonalar soni 8 584 tadan 7 940 taga kamaygan, filiallar soni esa 4 639 tadan 6 209 taga köpaygan. Ulgurji dorixonalar soni 521 tadan 449 taga tuşgan.
Qömitaga köra, talab yuqori bölgan dorilarni xarid qilişda boşqa buyurtma berilmagan preparatlarni ham sotib oliş şarti qöyilişi kiçik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini çeklaşi va raqobat muhitiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
«Raqobat töğrisida»gi qonunning 18-moddasiga muvofiq, şartnoma tuzişda kontragentdan boşqa tovarni ham sotib olişni talab qiliş ustun muzokara kuçini suiisteʼmol qiliş holati sifatida baholanişi mumkin.
Qonunçilikda bunday qoidabuzarliklar uçun moliyaviy sanksiya belgilangan. Uning miqdori huquqbuzarlik sodir etilgan davrda, biroq oxirgi uç yildan ortiq bölmagan muddatda tovarlarni realizatsiya qilişdan olingan tuşumning 5 foizini taşkil etişi mumkin.