2026 yil 1 yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 1 987 tani tashkil etgan.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024 yilga nisbatan 15 taga koʻpaygan. Shifoxona muassasalarining 1 384 tasi kichik tadbirkorlik (biznes) subyekti hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur davrda respublikada 8 912 ta ambulatoriya-poliklinika muassasasi faoliyat yuritgan boʻlib, ularning 5 929 tasi kichik tadbirkorlik (biznes) subyekti sifatida faoliyat yuritgan. Ularning soni 2024 yilga nisbatan 805 taga koʻpaygan.
Shifoxona muassasalarining hududlar kesimidagi soni:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 62 ta;
Andijon viloyati — 265 ta;
Buxoro viloyati — 135 ta;
Jizzax viloyati — 71 ta;
Qashqadaryo viloyati — 137 ta;
Navoiy viloyati — 45 ta;
Namangan viloyati — 201 ta;
Samarqand viloyati — 194 ta;
Surxondaryo viloyati — 96 ta;
Sirdaryo viloyati — 48 ta;
Toshkent viloyati — 146 ta;
Fargʻona viloyati — 246 ta;
Xorazm viloyati — 84 ta;
Toshkent shahri — 240 ta.