11
11

Oʻzbekiston aholisi 39,5 mln nafardan oshdi

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-oktyabr holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 39 535 225 kishini tashkil etdi (roʻyxatga olish natijalarini hisobga olgan holda).

Aholi soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga koʻpaygan.

Hududlar kesimida doimiy aholi soni:

• Samarqand viloyati – 4 462 783 kishi;

• Fargʻona viloyati – 4 293 001 kishi;

• Toshkent viloyati – 3 799 043 kishi;

• Qashqadaryo viloyati – 3 746 228 kishi;

• Andijon viloyati – 3 574 464 kishi;

• Toshkent shahri – 3 278 512 kishi;

• Namangan viloyati – 3 190 767 kishi;

• Surxondaryo viloyati – 3 030 030 kishi;

• Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 2 166 044 kishi;

• Xorazm viloyati – 2 162 068 kishi;

• Buxoro viloyati – 2 125 129 kishi;

• Jizzax viloyati – 1 545 176 kishi;

• Navoiy viloyati – 1 196 559 kishi;

• Sirdaryo viloyati – 965 421 kishi.