2026-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni 2 533,3 ming nafarni tashkil etgan.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yil yakuniga nisbatan 183,3 ming nafarga yoki 7,8 foizga oshgan.
Bogʻchalarda tarbiyalanayotgan bolalar soni hududlar kesimida quyidagicha:
Fargʻona viloyati — 308,5 ming nafar;
Samarqand viloyati — 288,9 ming nafar;
Andijon viloyati — 263,8 ming nafar;
Namangan viloyati — 225,4 ming nafar;
Qashqadaryo viloyati — 218,6 ming nafar;
Surxondaryo viloyati — 195,9 ming nafar;
Toshkent viloyati — 183 ming nafar;
Toshkent shahri — 180,4 ming nafar;
Buxoro viloyati — 139,7 ming nafar;
Xorazm viloyati — 136,4 ming nafar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 129,8 ming nafar;
Jizzax viloyati — 114,6 ming nafar;
Navoiy viloyati — 79,3 ming nafar;
Sirdaryo viloyati — 68,9 ming nafar.