11
11

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 8 oyda 71,4 trln soʻmga yetdi

2026-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 71,4 trln soʻmni tashkil etdi.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 21,2 foizga oshgan.

Hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 1,1 trln soʻm;

  • Andijon viloyati – 1,6 trln soʻm;

  • Buxoro viloyati – 1,1 trln soʻm;

  • Jizzax viloyati – 897,4 mlrd soʻm;

  • Qashqadaryo viloyati – 1,4 trln soʻm;

  • Navoiy viloyati – 732,5 mlrd soʻm;

  • Namangan viloyati – 1,2 trln soʻm;

  • Samarqand viloyati – 2,3 trln soʻm;

  • Surxondaryo viloyati – 1,1 trln soʻm;

  • Sirdaryo viloyati – 459,9 mlrd soʻm;

  • Toshkent viloyati – 2,3 trln soʻm;

  • Fargʻona viloyati – 2,4 trln soʻm;

  • Xorazm viloyati – 1,2 trln soʻm;

  • Toshkent shahri – 53,6 trln soʻm.