2026-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistondan xorijga 1 437,7 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan.
Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlari qiymati 1,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
Eksport tarkibi quyidagicha koʻrinish olgan:
Sabzavotlar — 551,3 ming tonna;
meva va rezavorlar — 332,8 ming tonna;
tarvuz va qovun — 198,5 ming tonna;
mosh — 36,2 ming tonna;
yeryongʻoq va yongʻoqlar — 14,7 ming tonna;
boshqa mahsulotlar — 304,2 ming tonna.