Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligi rahbariyatida kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Yoʻldoshev Oybek Behzodovich vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar «PwC Uzbekistan» kompaniyasining davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Pardayeva Mehriniso Doniyorovna vazir oʻrinbosari lavozimini egalladi. U bunga qadar Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi boʻlib ishlagan.
Mirzaliyev Sanjar Mahamatjon oʻgʻli ham vazir oʻrinbosari etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.







Yangi tayinlangan oʻrinbosarlar vazir Erkinjon Turdimov rahbarligida oʻtkazilgan tashkiliy masalalarga bagʻishlangan yigʻilishda jamoaga tanishtirildi.
Yigʻilishda ijro intizomi masalalari ham muhokama qilinib, topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, masʼuliyatni oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.