Adliya vazirligi Tugʻruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazish uchun tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.
Xususan, mazkur hujjatga koʻra:
davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tugʻruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyoti uchun tibbiy koʻrsatmalar qoʻllaniladi;
kesarcha kesish amaliyoti uchun 31 ta tibbiy koʻrsatmalar mavjud;
kesarcha kesish amaliyoti shoshilinch, kechiktirib boʻlmaydigan, rejalashtirilgan va rejali guruhlar boʻyicha tasniflanadi;
tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlmagan taqdirda, homilador ayol kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazishni tanlash huquqiga ega;
kesarcha kesish amaliyotida homilador ayol salbiy oqibatlar haqida xabardor qilinadi va uning ixtiyoriy roziligi olinadi.