Migratsiya agentligi tomonidan 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida xorijda işlayotgan özbekistonliklarning mehnat huquqlarini himoya qiliş, tölanmagan iş haqlarini undiriş va hujjatlar bilan boğliq muammolarni hal etiş böyiça işlar olib borildi. Bu haqida agentlikning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Bildirilişiça, uşbu davr mobaynida oyida xorijda mehnat qilayotgan 817 nafar Özbekiston fuqarosining murojaatlari körib çiqilib, ular foydasiga jami 850 ming AQŞ dollari miqdoridagi iş haqi va kompensatsiya mablağlari undirib berilgan. Yana 532 nafar yurtdoşimizning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari qaytarilgan.
Mazkur murojaatlar mamlakatlar kesimida quyidagiça taqsimlangan:
Rossiyada — 533 ta;
Turkiyada — 155 ta;
Janubiy Koreyada — 92 ta;
boşqa davlatlarda — 37 ta.
Hujjatlarni qaytariş bilan boğliq holatlarning asosiy qismi Rossiya va Turkiya hissasiga töğri keladi. Jumladan, Rossiyada 331 ta, Turkiyada 185 ta, Qozoğistonda 11 ta va Janubiy Koreyada 5 ta holat qayd etilgan.