Adliya vazirligi hujjatlarning qoğoz şakli örniga elektron şaklini taqdim etişga oid idoraviy hujjatlarni davlat röyxatidan ötkazdi. Bu haqida "Huquqiy axborot" Telegram-kanalida xabar berildi.
Maʼlum qilinişiça, mazkur hujjatlar bilan 33 ta idoraviy hujjatga özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan. Ular fuqarolar hujjatlarning elektron şaklini taqdim etişi va tegişli taşkilotlar ularni qabul qilişi imkoniyatini yaratadi.
Unga köra, biometrik pasport, ID-karta, tuğilganlik va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi, nogironlik töğrisidagi maʼlumotnoma, uruş qatnaşçisi guvohnomasi yoki talabalik guvohnomasi kabi hujjatlarning qoğoz şakli örniga “my.gov.uz” va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi elektron şaklidan foydalaniş mumkin.
Raqamli hujjatlar quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
banklarda – bank xizmatlaridan foydalanişda va ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirişda şaxsni tasdiqlaşda;
notarial idoralarda – tegişli notarial harakatlarni amalga oşirişda;
aeroportlarda – Özbekiston içidagi aviareyslarga röyxatdan ötişda;
uruş qatnaşçilariga kompensatsiya berişda;
telekommunikatsiya xizmatlari körsatişda – abonent bilan xizmat şartnomasini tuzişda;
qon va uning tarkibiy qismlarini topşirişda – donorning şaxsini tasdiqlaşda;
lombardlar bilan şartnoma tuzişda;
tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlar körsatişda;
fuqarolarni harbiy röyxatga olişda va boşqa bir qator xizmatlarni körsatişda.
Maʼlumot uçun, Hukumat qaroriga (897-son, 27.12.2024-y.) muvofiq şaxsni tasdiqlovçi va boşqa bir qator hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etilgan.