“Doʻstlik” mahallasida oʻtkazilgan muloqotda hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilma, kommunal xizmatlar va aholini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Aholi murojaatlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Xususan, tuman markazidan oʻtgan temir yoʻl orqali piyodalar xavfsiz oʻtishi uchun maxsus yoʻlak tashkil etish masalasi hududning oʻzida koʻrib chiqildi.
Mahallada ijtimoiy reyestrga kiritilgan 161 nafar fuqaroni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash va turmush sharoitini yaxshilash boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar belgilandi. Shu bilan birga, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, mahalla infratuzilmasidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.
Uchrashuvda fuqarolarning boshqa ijtimoiy va infratuzilma masalalariga oid murojaatlari ham eshitildi. Masʼul tashkilotlarga ularni belgilangan muddatlarda hal etish, har bir murojaat ijrosini nazoratga olish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Fargʻona viloyati narkologiya muassasasi hamda Bagʻdod tumani markaziy poliklinikasidagi narkologiya kabineti faoliyati ham oʻrganildi. Muassasalarda xizmatlar sifatini oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda bemorlarni reabilitatsiya qilish samaradorligini yaxshilash boʻyicha takliflar bildirildi.