31-oktyabr va 1-noyabr kunlari Özbekiston hududida ob-havo özgaruvçan böladi. Aksariyat hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Bu haqda «Özgidromet» xabar berdi.
31-oktyabr, juma kuni mamlakat böylab kam bulutli va iliq ob-havo kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati 17-22 darajagaça kötariladi.
1-noyabr, şanba kuni Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida, keçga tomon esa Toşkent viloyatining ayrim joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin. 2-noyabr kuni keçasi va ertalab Farğona vodiysi viloyatlari hamda Toşkent viloyatining ayrim hududlarida yoğingarçilik kuzatiladi. Baland toğli hududlarda yomğir qorga aylanişi mumkin.
Havo harorati keçalari 5-10 daraja, şimoliy hududlarda 0-5 daraja, kunduz kunlari 17-22 daraja böladi. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi.
Toşkent şahrida 30–31-oktyabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. 1-noyabr kuni keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin. Şamol şarqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçalari 8-10 daraja, kunduz kunlari 20-22 daraja iliq böladi.