«Oʻzgidromet» hafta davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Unga kora, ushbu ish haftasida Oʻzbekiston hududida quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat foni iqlim meʼyoriga mos boʻladi.
Hafta boshida kechalari havo harorati 5–10 daraja iliqni, kunduz kunlari esa 20–25 darajani tashkil etadi. Hafta oxiriga kelib, havo biroz salqinlashadi. Kechalari harorat 3–8 darajagacha, kunduzi esa 17–22 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi.
Toshkentda hafta davomida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi.
Poytaxtda 19–20-oktyabr kunlari havo harorati 23–25 daraja boʻladi. 21–22-oktyabr kunlari esa 20–22 darajagacha pasayadi. 20-oktyabrga oʻtar kechasi harorat 10–12 daraja iliq atrofida boʻlsa, 22-oktyabrga kelib 6–8 daraja iliqni tashkil etadi.