11
11

Hafta davomida asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi

«Oʻzgidromet» 12–16-oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Unga koʻra, bugun, 12-oktyabr kuni Oʻzbekiston hududida havo oʻzgaruvchan boʻlib, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 18–21 daraja, shimoliy va janubiy hududlarda esa 23–26 daraja boʻladi.

13-oktyabr kuni Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek, kechasi va ertalab Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.

14–16-oktyabr kunlari respublika hududida yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kunduzgi harorat 22–25 daraja, janubda esa 27–30 daraja boʻladi. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda 12–13-oktyabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, kuchli boʻlishi mumkin. Baland togʻli hududlarda yomgʻir va qor kuzatiladi. 12-oktyabr kuni ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Toshkent shahrida bugun, 12-oktyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat 19–21 daraja boʻladi.

13–16-oktyabr kunlari poytaxtda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 12–15 daraja, kunduz kunlari esa 22–25 daraja boʻladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi.