Turkiyaning Istanbul, Yalova va Кочаэли viloyatlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ob-havo sharoiti yomonlashishi va suv toshqinlari xavfi sabab ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kuchli yomgʻir va shamol suv toshqinlari, yoʻllarda harakatlanish qiyinlashishi hamda boshqa favqulodda holatlarga sabab boʻlishi mumkin.
Shu munosabat bilan vatandoshlarga zarurat boʻlmasa, uzoq masofalarga safar qilmaslik, suv toʻplanishi mumkin boʻlgan pastqam joylar, yerosti yoʻlaklari va tunnellardan uzoqroq yurish tavsiya etildi. Shuningdek, dengiz sohillari, daraxtlar, elektr uzatish tarmoqlari va mustahkam oʻrnatilmagan inshootlar yaqinida ehtiyot boʻlish soʻraldi.
Bosh konsulxona avtomobil boshqarayotganda tezlikni pasaytirish va xavfsiz masofani saqlash, shuningdek, Turkiyaning vakolatli idoralari tomonidan eʼlon qilinayotgan rasmiy ogohlantirishlarga amal qilish zarurligini taʼkidladi.
Idora vatandoshlarni oʻz xavfsizligi va yaqinlari salomatligiga alohida eʼtibor qaratishga chaqirdi.