11
11

Toşkent havosida azot dioksidi meʼyordan 2,1 baravar oşdi — «Özgidromet»

«Özgidromet» 26-oktyabr kuni atmosfera havosining ifloslaniş darajasi böyiça maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unga köra, Toşkent şahrida azot (II) oksidi miqdori bir martalik maksimal ruxsat etilgan meʼyordan 2,1 baravar oşgan.

Qayd etilişiça, poytaxtdagi meteorologik şaroitlar havodagi ifloslantiruvçi moddalarning biroz töplanişiga imkon bergan. Şu bilan birga, aniqlanadigan moddalarning örtaça sutkalik konsentratsiyasi böyiça ruxsat etilgan meʼyordan oşiş holatlari kuzatilmagan.

Respublika böyiça çang miqdorining örtaça sutkalik ruxsat etilgan meʼyordan oşişi Urgançda 1,1 baravar, Nukusda 1,3 baravar, Farğonada 1,6 baravar va Navoiyda 1,7 baravarni taşkil etgan.

Boşqa şaharlarda tekşirilgan moddalar böyiça örtaça sutkalik ruxsat etilgan meʼyordan oşiş holatlari qayd etilmagan. Respublika hududlarida bir martalik maksimal konsentratsiyalar böyiça ham meʼyordan oşiş kuzatilmagan.

Şuningdek, «Özgidromet» 28-oktyabr kuni uçun ekologik prognozni eʼlon qildi. Unga köra, Özbekistonning barça hududlarida ob-havo şaroitlari ifloslantiruvçi moddalarning havoda ahamiyatsiz miqdorda saqlanib qolişiga imkon beradi. Havoning ifloslaniş darajasi past bölişi kutilmoqda.