Toşkent şahrida 27-oktyabrdan 28-oktyabrga ötar keçasi atmosfera havosi sifati yomonlaşişi mumkin. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Prognozlarga köra, keçki va tungi soatlarda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça «noqulay», milliy havo sifati indeksi böyiça esa asosan «sariq» darajada bölişi kutilmoqda.
Tunda havo haroratining pasayişi va harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Şuningdek, bunday şaroitda kuçsiz şamol atmosferaga çiqarilayotgan qöşni hududlarda şakllangan va mahalliy taşlamalarning tarqalişini susaytirib, ularning yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolişiga şaroit yaratadi.
Kunduzi havo haroratining kötarilişi va vertikal havo almaşinuvining yaxşilanişi natijasida inversiya kuçsizlanib, havo sifati asta-sekin yaxşilanişi mumkin.