Toşkent şahrining Olmazor tumanida sun’iy köl va zamonaviy dam oliş infratuzilmasiga ega yangi boğ barpo etiş loyihasi amalga oşirila boşlandi.
Tuman hokimligi ma’lumotiga köra, jamoat hududi Keles yöli köçasida, Kiçik halqa avtomobil yöli bilan Qoraqamiş köçasi oraliğida taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Loyihaga muvofiq, sun’iy kölning maydoni 5 017 kvadrat metr, çuqurligi 2 metr, umumiy suv hajmi esa 10 ming kub metrni taşkil etadi.
Boğ hududida umumiy uzunligi 2 kilometr bölgan piyodalar va velosiped yölaklarini barpo etiş ham közda tutilgan. Bundan taşqari, 200 tup yangi daraxt ekiş rejalaştirilgan.
Tuman hokimligi ta’kidlaşiça, quriliş va obodonlaştiriş işlari davomida mavjud köp yillik daraxtlar öz joyida saqlab qolinadi. Ayrim kiçik daraxtlar esa mutaxassislar nazorati ostida boşqa mos hududlarga köçirib ötkaziladi.
Loyiha hududni obodonlaştiriş va ekologik vaziyatni yaxşilaşga qaratilgan. Işlar yakunlanganidan söng boğ tuman aholisi va mehmonlari uçun dam oliş maskaniga aylanişi kutilmoqda. Xabarda qurilişni yakunlaş muddatlari aniq körsatilmagan.