11
11

Toshkent shahrida psixotrop moddalar savdosining oldi olindi

Toshkent shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro F.X. fuqaro M.O.ga 10 quti “Omnadren-250” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-6-moddasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.