11
11

Toshkentning ayrim hududlarida 5 kun davomida issiq suv taʼminoti toʻxtatiladi

Toshkent shahridagi bir qator mahallalarda 5 oktyabrdan boshlab besh kun davomida issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, rejali profilaktika ishlari munosabati bilan 5–9 oktyabr kunlari 6-IM, 8-IM, «Vodnik» va «Sanoatenergo» qozonxonalari xizmat koʻrsatadigan hududlarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Shu bilan birga, 4-IM issiqlik taʼminoti hududlarida issiq suv taʼminoti qayta tiklangan.

Issiq suv vaqtincha oʻchiriladigan hududlar quyidagilar:

Mirobod tumani: Baratoxoʻja, Parvona, Chinor, Yuksalish, Yangi Qoʻyliq, Tolariq, Ziyonur, Bilimdon, Fayzobod, Sariqoʻl, Qorasuv, Oltinkoʻl, Furqat, Abdurauf Fitrat mahallalari.

Yashnobod tumani: Katta Qoʻyliq, Mumtoz mahallalari.

Sergeli tumani: Oʻzgarish, Habibiy, Mehrigiyo, Madadkor, Ziynat, Yangi Sergeli, Sohibkor, Sofdil, Nilufar, Ittifoq, Nurhayot, Saxovat, Qipchoq, Xalqobod, Madaniyat, Birdamlik, Shukrona, Qoʻshqoʻrgʻon, Quruvchilar, Farogʻatli mahallalari.

Yangihayot tumani: Mashʼal, Navqiron, Al-Fargʻoniy, Viqor, Yoʻldosh, Chorbogʻ, Zarbdor, Doʻstlik, Charogʻon, Yorqinhayot, Xushnud mahallalari.

Bektemir tumani: Zilola, Rohat, Mirishkor, Iqbol mahallalari.

Kompaniya maʼlumotiga koʻra, profilaktika ishlari kuz-qish mavsumida issiqlik tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan. Issiq suv taʼminoti toʻxtatiladigan manzillar va ish grafigi bilan kompaniya eʼlonidagi havola orqali tanishish mumkin.