11
11

Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşni taʼsis etiş töğrisidagi bitimni imzoladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan Anqara şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşni taʼsis etiş töğrisidagi bitimni imzoladilar.

Bundan taşqari, köp qirrali va uzoq muddatli şeriklikning turli yönalişlarini qamrab oluvçi ikki tomonlama hujjatlar töplami imzolandi. Xususan:

– Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar röyxatini kengaytiriş töğrisidagi bayonnoma;

– Ijtimoiy taʼminot töğrisidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oşiriş böyiça maʼmuriy bitim;

– 2022-yil 29-martda imzolangan davlat çegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining ötişi haqida oldindan axborot almaşiş töğrisidagi bayonnomaga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qöşimça bayonnoma.

Imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, işbilarmon doiralar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini samarali himoya qilişga qaratilgan.