Toʻlaganov Qudratilla Asatullayevich Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Qudratilla Toʻlaganov Toshkent moliya instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tugatgan.
Mazkur tayinlovga qadar u 2023-yildan buyon “Asakabank” AJ boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.