Parkentda yuk mashinasi gaz quvuriga shikast yetkazdi

650 ta aholi va 7 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan

Parkent tumanida yuk mashinasining quvurga shikast yetkazishi natijasida ayrim isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi. 

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent viloyati Parkent tumani “Oqtepa” MFYdagi oʻrta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining shikast yetkazishi natijasida hududdagi 650 ta aholi va 7 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.

“Tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi”, — deyiladi xabarda.