“Oʻzgidromet” iyul oyi boshida ob-havo qanday boʻlishini maʼlum qildi

“Oʻzgidromet” iyul oyi boshida ob-havo qanday boʻlishini maʼlum qildi

29.06.2024 00:00 O'zbekiston 7

“Oʻzgidromet” 1-3-iyul kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini e'lon qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 1-iyulda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 1-iyulda 28-33 daraja, 2-iyulda 30-35 daraja, 3-iyulda 32-37 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-iyulda 20-25 daraja, 2-3-iyulda 18-23 daraja, kunduzi 1–2-iyulda 30-35 daraja, 3-iyulda 33-38 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1–2-iyulda 20-25 daraja, 3-iyulda 18-23 daraja, kunduzi 1 va 3-iyulda 32-37 daraja, 2-iyulda 30-35 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 1–2-iyulda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1-iyulda kechasi 23-28 daraja, kunduzi 36-41 daraja, 2-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 3-iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 1–2-iyulda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 1-iyulda 32-37 daraja, 2–3-iyulda 30-35 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, 1-iyulda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, 2–3-iyulda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1–2-iyulda 15-20 daraja, 3-iyulda 12-17 daraja, kunduzi 1 va 3-iyulda 23-28 daraja, 2-iyulda 20-25 daraja boʻladi.