Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasini oşiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
– Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy özgarişlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi taşabbuslar bilan kelganmiz, – dedi davlatimiz rahbari.
Dastlab içimlik suvi va oqova tarmoqlari taʼminotiga töxtalib ötildi. Bu sohada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan 385 million dollarlik loyiha amalga oşirilmoqda. Uning ikkinçi bosqiçiga yana 248 million dollar jalb qilinadi.
Natijada viloyatning barça tuman va şaharlarida 1,7 million aholining suv taʼminoti yaxşilanadi, 775 ming kişi kanalizatsiya tarmoğiga ulanadi. Markazlaşgan içimlik suvi bilan qamrov hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi.
Prezidentimiz odamlar bu özgarişlarni kutayotganini taʼkidlab, masʼullarga loyihalarni tezlaştirişni topşirdi.