11
11

Toşkent metrosida ayollar uçun alohida vagonlar ajratilişi mumkin

Toşkent metropolitenini keyinçalik kengaytiriş va harakat tarkibini yangilaş jarayonida ayollar uçun maxsus vagonlar ajratiş masalasi körib çiqilişi mumkin.

Amaldagi yönalişlarda bunday amaliyotni joriy etişga hozirça texnik şaroitlar va yölovçilar oqimining tarkibi imkon bermaydi. Bu haqda 3 noyabr kuni poytaxt metropoliteni rahbarining örinbosari Yuldaş Yusupov Kontent tayyorlaş markazida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda ma’lum qildi.

Metropoliten vakilining aytişiça, yölovçilardan alohida vagonlar taşkil etiş taklifi bilan murojaatlar kelib tuşmoqda. Bunday takliflar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham bildirilmoqda. Şunga qaramay, hozirgi vaqtda uşbu taşabbusni amalga oşiriş imkoni yöq.

Yusupovning sözlariga köra, metropolitenning yangi uçastkalarini loyihalaş va poyezd tarkiblarini xarid qiliş jarayonida tegişli yeçimlarni nazarda tutiş mumkin böladi. Uning ma’lum qilişiça, poytaxt metropoliteni yölovçilari orasida ayollarning uluşi taxminan 40 foizni taşkil etadi.

Metropoliten vakili vagonlarni gender belgisiga köra ajratiş ayollarga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar va şilqimlik holatlarini kamaytirişga yordam berişi mumkin, deb hisoblaydi.

Ayollar uçun alohida vagonlar bir qator mamlakatlarning transport tizimlarida allaqaçon joriy etilgan. Ular qatoriga Hindiston, Misr, Braziliya, Eron, Birlaşgan Arab Amirliklari va Yaponiya kiradi.

Ayrim mamlakatlarda bunday poyezdlar yoki vagonlar doimiy ravişda xizmat körsatsa, boşqalarida ulardan faqat muayyan soatlar yoki kunlarda foydalaniş mumkin. Şuningdek, qoidalarga köra, ayollarga bunday vagonlarga boşlanğiç maktab yoşidagi öğil bolalar bilan birga kirişga ham ruxsat berilişi mumkin.