Toshkent metrosida bir kunda 1,1 mln.dan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatildi

Toshkent metropoliteni bir sutka davomida 1 million 117 ming 61 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, rekord koʻrsatkich qayd etdi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2026-yil 7-may kuni metropoliten xizmatlaridan 1 105 883 nafar yoʻlovchi foydalangan. 2025-yil 8-may kunida ushbu koʻrsatkich 986 916 nafarni tashkil etgan. Bu 12 foizlik oʻsish qayd etilganini koʻrsatadi.

Shuningdek, 2026-yil 14-may kuni ushbu koʻrsatkich 1 044 736 nafarga yetgan va oʻtgan yilgiga taqqoslaganda (2025-yil 15-may kuni 953 220 nafar) 9,6 foizlik oʻsish kuzatilgan.

Yana bir muhim natija sifatida, 2026-yil 8-may kuni Toshkent metropoliteni bir kun davomida 1 117 061 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, rekord natija qayd etgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 80,5 foizga yuqori natijani tashkil etadi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, metropoliten xizmatlaridan eng koʻp yoʻlovchilar haftaning payshanba va juma kunlari foydalanmoqda.