11
11

Yaşil iqlim jamğarmasi Özbekistonda landşaftlarni iqlim özgarişiga moslaştiriş uçun 103,7 mln yevro ajratadi

Yaşil iqlim jamğarmasi kengaşi Markaziy Osiyo mamlakatlarida ekotizimlarni tiklaş va iqlim özgarişiga moslaşişga qaratilgan CLiCA mintaqaviy dasturini maʼqulladi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Yaşil iqlim jamğarmasi (Green Climate Fund — GCF) kengaşi umumiy qiymati 264,4 million yevro bölgan «Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga çidamli landşaftlar» (CLiCA) mintaqaviy dasturini maʼqullagan. Dastur Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Özbekiston tomonidan uşbu jarayonni Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Iqlim özgarişi milliy markazi muvofiqlaştirgan.

Dastur doirasida Özbekiston 103,7 million yevro miqdorida mablağ oladi. Uşbu mablağlar örmonlar va yaylovlarni tiklaş, qişloq xöjaligida iqlim özgarişiga çidamli texnologiyalarni joriy etiş, şuningdek, fermerlarning iqlim özgarişi oqibatlariga moslaşişi uçun zarur moliyaviy vositalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga yönaltiriladi.

Dastur doirasida Özbekistonda quyidagi natijalarga erişiş közda tutilgan:

  • 342 ming nafar aholining iqlim xavf-xatarlariga çidamliligini oşiriş. Ularning qariyb yarmini ayollar taşkil etadi;
  • 164 ming gektar örmon, yaylov va qişloq xöjaligi yerlarida iqlim özgarişiga çidamli boşqaruv usullarini joriy etiş;
  • issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş va ularning yutilişini oşiriş orqali 1,07 million tonna CO₂ ekvivalentiga teng natijaga erişiş.

CLiCA dasturining amalga oşirilişi Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy ekologik va iqlim muammolarini hal etiş borasidagi saʼy-harakatlarini birlaştiriş imkonini beradi. Bunda tabiiy ekotizimlarni saqlaş, yer resurslaridan barqaror foydalaniş va iqlim özgarişi oqibatlariga eng zaif mahalliy hamjamiyatlarni qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratiladi.

«Uşbu dasturning maʼqullanişi yanada barqaror hamjamiyatlar va landşaftlarni şakllantiriş yölidagi muhim qadamdir. Qirğiziston, Tojikiston va Özbekistondagi hamkorlarimiz bilan birgalikda umumiy maqsadimizni Markaziy Osiyo aholisi va tabiati uçun uzoq muddatli natijaga aylantirişni közlayapmiz», — deya taʼkidlagan GIZ vakillari.

CLiCA dasturi Özbekistonning iqlim sohasidagi ustuvor vazifalarini amalga oşirişga xizmat qiluvçi qöşimça vositaga aylanadi. Jumladan, u degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va iqlim özgarişiga çidamli qişloq xöjaligini rivojlantiriş kabi yönalişlarni qöllab-quvvatlaydi.