11
11

Chiqindi poligonlari atrofida yashil belbogʻlar tashkil etilmoqda

Samarqand viloyatidagi markaziy chiqindi poligonlari atrofida yashil belbogʻlar tashkil etilmoqda. Bu haqda viloyat Ekologiya bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, viloyatda 11 ta markaziy chiqindi poligoni mavjud. Ularning atrofiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

Bu ishlar hududlarda ekologik holatni yaxshilash va obodonlashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Koʻchatlarni sugʻorish va parvarishlash uchun masʼul xodimlar ham biriktiriladi.

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3


Jumladan, Payariq tumanidagi markaziy chiqindi poligoni atrofida ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda maydonlar shudgorlanib, koʻchat ekishga tayyorlangan.

Mazkur ishlar chiqindi poligonlari atrofidagi ekologik muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan.