2026-yil davomida jami 14 ta zamonaviy harakat tarkibini xarid qilish rejalashtirilgan edi. Yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar koʻzda tutilgan barcha 14 ta harakat tarkibi (56 ta vagon) metropoliten vagon parkiga olib kelindi.
Ushbu xaridlar natijasida Toshkent metropolitenining vagonlar parkini qariyb 70 foizga yangilashga erishildi.
Yangi avlod harakat tarkiblari metroning 4 ta yoʻnalishi boʻylab harakatlanmoqda. Natijada yoʻnalishlarda poyezdlarning harakatlanish oraligʻi (intervali), ayniqsa tigʻiz vaqtlarda, sezilarli darajada qisqartirildi.
Bugungi kunda tigʻiz vaqtlardagi intervallar:
Chilonzor yoʻnalishida: 1,5–2 daqiqa;
Oʻzbekiston yoʻnalishida: 3 daqiqa;
Yunusobod yoʻnalishida: 4 daqiqa;
Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishida: 7–8 daqiqa.