Joriy yilning 15-may kuni Prezidentning “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–191-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar 2030-yilgacha metropolitenda yoʻlovchi tashishni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va ustuvor vazifalari etib belgilandi:
• metropolitenda tashiladigan kunlik yoʻlovchilar sonini 1,8 mln nafarga, bekatlar sonini 79 taga va liniyalar uzunligini 103 kmga yetkazish;
• harakat intervalini 2-3 daqiqagacha tushirish va boshqalar.
2028-yil yakuniga qadar:
• metro bekatlariga kirish joylarida hamda bekatdan-bekatga oʻtish yoʻlaklarida yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlagan holda vending apparatlari va kichik koʻchma savdo obyektlarini joylashtirish choralari koʻriladi;
• metro stansiyalari oldida avtoturargohlarni tashkil qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi “Park & Ride” tizimi yoʻlga qoʻyiladi:
• avtoturargohdan foydalanganlarga chiptadan chegirmalar berish;
• avtoturargoh toʻlovini metro chiptasi orqali qoplash mexanizmlarini joriy etish.
• xususiy tadbirkorlarga metropoliten tonnel va bekatlarida auksion orqali ijara asosida xavfsiz faoliyat turlari bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.