11
11

Tojikiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasi Özbekistonga keldi

Delegatsiya aʼzolarini “Toşkent” xalqaro aeroportida Oliy Majlis Senati Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev kutib oldi.

Taşrif dasturiga muvofiq delegatsiya aʼzolari dastlab “Yangi Özbekiston” boğiga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qöydi.

Şundan söng mehmonlar “Yangi Toşkent şahrini barpo etiş” direksiyasi faoliyati bilan tanişdi. Ularga mamlakatimizda amalga oşirilayotgan yirik şaharsozlik loyihasi, yangi şaharni barpo etiş konsepsiyasi, zamonaviy transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş, yaşil hududlar hamda ijtimoiy obyektlarni quriş borasidagi işlar haqida maʼlumot berildi.